Skip to main content

BELLASHUV: KORRUPSIYA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ!

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!” shiori ostida fakultetlararo talabalar bellashuvi o‘tkazildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida  Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan ushbu tadbirda Arxitektura fakultetining “Yosh arxitektorlar”, Qurilish fakultetining “Senator”, Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetinig “Aktiv 555”, Madaniy meros obyektlarini asrash fakultetining “2+2” hamda Arxitektura-qurilish texnikumining “Femida” jamoalari ishtirok etib, jamoalar 4 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

Madaniy meros obyektlarini asrash fakultetining “2+2” jamoasi 1-o‘rinni;

Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetinig “Aktiv 555” jamoasi 2-o‘rinni;

Qurilish fakultetining “Senator”jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Barcha jamoalar o‘yin so‘ngida diplom va tashakkurnomalar hamda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida rag‘batlar va yutuqlar Yoshlar bilan ishlash, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov tomonidan topshirildi.

Shuningdek, “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etgan ishchi-xodimlar hamda talabalarning nomlari e’tirof etilib, ularga ham tashakkurnomalar topshirildi.