Skip to main content

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan profilaktik tadbirlar davom etmoqda

3-4-dekabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Qurilish hamda Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetlari professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va tyutorlari ishtirokida “Ta’limdagi korrupsiya – eng og‘ir jinoyat” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Ushbu suhbatlarda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud mexanizmlarning samaradorligi, hamda ushbu jarayonning huquqiy asoslari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, so‘nggi yillarda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida hukumatimiz tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar yoritildi.

Shuningdek, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlariga qaramasdan, ba’zi maishiy korrupsiya elementlari uchrab turganligi va bu muammo butun jamiyat oldida jiddiy vazifa sifatida qolayotganligi ta’kidlandi. Suhbat ishtirokchilari ushbu salbiy hodisalarga qarshi kurashda o‘z mas’uliyatlarini anglash hamda yosh avlodni bu illatdan himoya qilish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirishdi.