Skip to main content

“KORRUPSIYASIZ JAMIYAT SARI” SHIORI OSTIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI TASHKIL ETILDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi tashabbusi bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda universitet jamoasi bilan bir qatorda O‘zLiDeP Samarqand shahar kengashi deputatlari, Samarqand shahar Nuroniylar kengashi a’zolari, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat bo‘limi hamda mahalliy OAV vakillari, Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi, universitet qoshidagi Akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari, Kasb-hunar maktablari vakillari,  ishtirok etdilar.

“Ochiq eshiklar kuni” doirasida O‘zLiDeP kengashi deputatlari, O‘zLiDeP Yoshlar qanoti faollari, OAV va mehmonlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. “Korrupsiyasiz jamiyat sari”, “Korrupsiyasiz ta’lim” kabi mavzulardagi ochiq muloqotlar yig‘ilganlarda iliq taassurotlar qoldirdi.

Muloqotlarda shaffof va sog‘lom, har qanday illatlardan xoli bo‘lgan ta’lim-tarbiya muhitini shakllantirish, bu yo‘lda to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish, ta’lim tizimining sofligi va shaffofligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir ishtirokchilari universitetda professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar xususan, “Start Up” loyihalarini tashkil etish xonasi, Inkubatsiya markazi faoliyati, laboratoriya va o‘quv xonalari, kompyuter sinflari, ARM va uning tarkibidagi o‘quv zallari bilan yaqindan tanishdilar.