Skip to main content

Xorijiy korxonalari vakillari tashrif buyurdilar

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga “Qarshi Conch Cement” MCHJ va “Toshkent Conch Cement” MCHJ xorijiy korxonalari vakillari tashrif buyurdilar.

Shuningdek “Qarshi Conch Cement” MCHJ kadrlar bo‘limi boshlig‘i Nyu Yajin, kadrlar bo‘limi ofis boshlig‘i Chen Jia, kadrlar bo‘limi bosh inspektori Gavhar Amirova, “Toshkent Conch Cement” MCHJdan ishlab chiqarish filiali boshlig‘i Huang Zhong Xin, “Qurilish” fakulteti dekani Doniyor Jurakulov, “Qurilish muhandisligi” kafedrasi mudiri Sherzod Yaxshiboyev, professor-o‘qituvchilardan Shuxrat Jamolov va Muzaffar Maxamatov, Marketing va karyera bo‘limi boshlig‘i Elmurod Haydarov, bo‘lim mutaxassisi Xurshida Mirzayevalar ishtirok etishdilar.

Ishga qabul qilish bo‘yicha tanlovda jami 76 nafar kunduzgi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalari ishtirok etdi. Shundan “Qarshi Conch Cement” MCHJga 37 nafar bitiruvchi, “Toshkent Conch Cement” MChJga 16 nafar bitiruvchilar rezyume to‘ldirib suhbatdan o‘tdi.

Korxona vakillari suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilar haqida rasmiy xabar orqali yetkazishlarini ma’lum qildilar.