Skip to main content

KREDIT-MODUL TIZIMI TUSHUNCHASI

Kredit-modul tizimi, bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash, talabalar bilimini reyting asosida baholash.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida ”Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv aynan kredit modul-tizimiga bag‘ishlandi.

Qurilish hamda Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetlarining birinchi bosqich talabalariga universitet mehmoni “Silk Road Research Academy” ijrochi direktori Azamat Akbarov tomonidan ushbu tizimning tarixi, qulayligi va imkoniyatlari to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi. Dunyoning TOP universitetlarining hayoti aynan xalqaro standartlarga asoslangan tizim orqali qurilganligi ta’kidlab, talaba ko‘proq o‘z ustida ishlashi, mehnat qilishi, bir nechta tillarni o‘zlashtirishi orqasidan katta yutuqlarga erishishlari mumkinligi to‘g‘risida talabalarga motivatsion ruh ulashdi.