1950 yili Nurota tumatida tug’ilgan.
1967-1972 yillari Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida ta’lim oldi.
1972-1977 yillarda Jomboy tumani qishloq xo’jaligi texnikasi birlashmasida turli lavozimlarida ishlagan.
1977 yili Samarqand Davlat arxitektura-qurilish institut assistenti, lavozimiga ishga kirgan.
1978 yildan boshlab, V.V.Kuybishev nomidagi Moskva muhandislik qurilish institutida izlanuvchi ilmiy tadqiqotchi va 1980-1983 yillari aspiranturada o’qib, mazkur institut qoshidagi ixtisoslashgan D.053.11.02. doktorlik ilmiy kengashida professor I.S.Surkov rahbarligida “Issledovaniye napryajeniy deformasiy v tonkom zamknutom silindre, podkreplennom kolsom jestkosti, ot sosredoto chennogo vdol paralleli radialnogo davleniya, za predelom uprugosti” mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini muddatidan oldin himoya qilgan va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
2005 yil sentyabr oyida Akademik T.Sh.Shirinkulov va professor I.S.Surkovlar rahbarligida “Ustoychivost obolochek, plastin i sterjney za predelom uprugosti” mavzusida Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti qoshidagi ixtisoslashgan D.015.18.01 ilmiy kengashda fan doktori dissertasiyasini himoya qilgan va texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
K.Ismayilov tomonidan elastiklik chegarasidan keyin konstruksiya elementlarini kuchlanganlik-deformasiyalaganlik holatlarini hisoblash usulini hamda elastiklik chegarasidan keyin konstruksiya elementlarining ustivorlik nazariyasini takomillashtirdi.
Kichik elastik – plastik deformasiya nazriyasi doirasida o’qqa simmetrik yuklar ta’siridagi silindrik qobiq va doiraviy plastinkaning chiziqli bo’lmagan muvozanat differensial tenglamasi, A.A.Ilyushinning, “elastik yechim” usulidan farq qiluvchi, ketma – ket yaqinlashish usulining yangi varianti asosida yechim olgan.
Elastiklik chegarasidan keyin siqilgan sterjen birinchi tur ustuvorligini yo’qotishining pastki chegarasi, sterjenni cheksiz-kichik egilgan muvozanat holatida tutib turuvchi kritik kuchlanish miqdori bilan aniqlanishi, kesuvchi modul sterjen bo’ylama tolalarining yuklanish, shuningdek yuksizlanish qismlarining cheksiz-kichik uchastkasida, material siqilish diagrammasining kritik nuqtasiga urinma bo’yicha siljishi hamda uning yuklanish qismida kamayishi, yuksizlanish qismida esa ortishi ko’rsatiladi. Bu bilan bifurkasiya holatida kritik nuqtaning muhim nuqta emasligini tasdiqlangan.
Qurilish po’lati uchun elastiklik chegarasidan keyin Berlin – Dalemsk laboratoriyasida olgan tajriba natijalari tasdiqlovchi, siqilish diagrammasining analitik ifodasi tenglamasi taklif etgan.
Uchlari har xil mahkamlangan siqilgan sterjenlar, konturi bo’yicha tekis taralgan yuk ta’sirida siqilgan doiraviy va to’g’riburchakli plastinkalar, bo’ylama yo’nalish bo’yicha siqilgan yopiq silindrik qobiq, tekis taralgan yuk ta’sirida siqilgan silindrik panel, tashqi bosim ta’sirida bo’lgan yopiq silindrik qobiq va sferik qobiqlarning ustuvorlik masalalarining fundamental yechimlari elastiklik chegarasidan keyin ustuvorlik nazariyasining yangi talqinida olgan.
Olim muntazam xalqaro ilmiy anjumanlar, kongresslar, konferensiyalar va respublika ilmiy konferensiyalarida qatnashib, 230 dan ortiq ilmiy va ilmiy uslubiy ishlanmalar ilmiy va ilmiy uslubiy ishlamalarni chop etgan. Jumladan: 5 ta monografiya FAN nashriyoti grifi va O’zOO’MTV grifi bilan 6 ta darslik, 20 ta o’quv qo’llanmasi, 3 ta mualliflik guvohnomasi, 40 ta ilmiy maqolasi xorijiy davlatlar chop qilingan.
Oliy va o’rta maxsus, Xalq ta’lim vazirliklari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish «Iste’dod» jamg’armasi tomonidan 2010 va 2013 yillardan o’tkazilgan «Yilning eng yaxshi darslik va o’quv adabiyoti muallifi» Respublika tanlovida g’oliblikni qo’lga kiritgan.
Oliy ta’lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirishdagi alohida xizmatlari, ko’p yillik samarali mehnati, viloyat taraqqiyotiga qo’shgan samarali hissasi hamda jamoat ishlarida, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol ishtirok etib kelmoqda.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim a’lochisi”.
“O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi kÿkrak nishondori”.
Samarqand viloyat hokimligi FAXRIY YoRLIG’I bilan taqdirlangan. 3 may 2010 y.
Samarqand viloyat hokimligi FAXRIY YoRLIG’I bilan taqdirlangan. 20 noyabr 2015 y. №862.
Turon fanlari akademiyasi Akademigi 29 may 2022yil.
Sadriddin Ayni nomidagi adabiyot fondi “Tojikiston Respublikasi” ta’sis etgan “SADRIDDIN AYNI” kÿkrak nishondori 15 avgust 2023 yil.
1977 yildan hozirgacha Samarqand Davlat arxitektura-qurilish universiteti assistenti, katta o’qituvchi, dosenti, professori lavozimida ishlab kelmoqda.
K.Ismayilov besh nafar farzandlarini tarbiyalab voyaga yetkazgan, ular xalq xo’jaligining turli sohalarida xizmat qilmoqda.