Skip to main content

“Kampusingizni qayta loyihalang” mavzusida eskizlar tayorlandi

Xabaringiz bor Mirzo Ulug‘bek nomdiagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti qo‘shimcha yangi klublar tashkil etilganligi va shartli ravishda bu klublar “Yangi avlod shaharsozligi”, “Interyer dizayni”, “San’at va dizayn” deb nomlanganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. 

Joriy yilning 28-mart kuni ushbu klublarga qiziqish bildirgan talabalar bilan ilk bor uchrashuv tashkil etildi va klub doirasida birinchi amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Amaliy mashg‘ulotlarda “Kampusingizni qayta loyihalang” mavzusida eskizlar tayorlandi.

Ma’lumki talabalar shaharchalari talabalar uchun ta’lim maskani bo‘lish bilan birga boy ijtimoiy-madaniy muhitni ta’minlaydi. Ushbu tadbirning maqsadi arxitektura, interyer dizayni va san’at bo‘limi talabalarini universitet kampusiga sayohatga olib borish, binolar, kafelar va ochiq amfiteatr kabi dam olish joylarini qaytadan tasavvur qilish va shunga mos ravishda eskizlar ishlab chiqishdan iboratdir.