Samarqand viloyati Qurilish bosh boshqarmasida Turkiyaning Shaharsozlik va rejalashtirish idorasi ND IMAR loyiha korxonasi tomonidan amalga oshirilgan Samarqand Qorasuv massivi bosh rejasi loyihasining so‘nggi bosqich yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Maslahat yig‘ilishida Turkiyadan ND IMAR asoschisi va raisi Nodir Do‘g‘an va Hasan Do‘g‘an ishtirok etdilar. Loyiha hamkori sifatida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, Shaharsozlik Kengashi arxitektorlaridan Alisher Badalov va Fotima Xudoyqulova, “Shaharsozlik” kafedrasi katta oʻqituvchisi Bushra Nur Bardakchi universitet vakili sifatida ishtirok etdilar.
Loyiha muallifi Qorasuv bosh rejasining yakuniy bosqichi uchun “Turar-joy, landshaft dizayni, savdo zonalari, jamoat transporti, aqlli infratuzilma texnologiyalari” haqidagi loyiha va dizayn tafsilotlarini yetkazdi. “Ushbu loyihani Samarqandning yangi qiyofasi, Samarqand uchun shaharsozlik sohasida ko‘plab yangiliklarga ham sabab bo‘ladi” - deb ta’kidladi Nodir Do‘g‘an.
Shuningdek, loyihada ko‘plab barqaror, ekologik va texnologik tahlil dizaynlarni o‘z ichiga olgan ND IMAR dizaynerlari loyiha tafsilotlarini realistik animatsion video bilan Kengash a'zolariga yetkazdi.