Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” bo‘limi tomonidan Madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va tyutorlari ishtirokida profilaktik mazmundagi davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlari asosida “korrupsiya”, “korrupsiyaga oid huquqbuzarlik”, “manfaatlar to‘qnashuvi”, “shaxsiy manfaatdorlik” va “yaqin qarindoshlar” kabi atamalar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlarning vazifalari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari hamda universitetning ushbu sohadagi vakolatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Suhbatda “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashga ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning mazmuni va ahamiyati ham ishtirokchilarga yetkazildi.