Skip to main content

MADANIY MEROS OBYEKTLARINI ASRASH

UROKOV OLIMJON XAYITBOYIVICH

UROKOV OLIMJON XAYITBOYIVICH

Kafedra mudiri

Telefon: +998(90)271-12-12

 Ma’lumoti: Oliy

Ilmiy darajasi: Arx,f, b,f,d,(PhD)

Ilmiy unvoni: Dotsent

Chet tillarini bilishi: rus, va fors tillari

Ma’lumoti boʻyicha mutaxassisligi: Arxiterktor

Qabul vaqti: Har kuni 15-00 dan 17-00 gacha (Shanba va yakshanbadan tashqari)                         

Kafedra toʻgʻrisida

Samarqand davlat arxitektura – qurilish universiteti Madaniy meros obyektlarini asrash kafedrasi 2023 yildan kafedra sifatida faoliyat boshlagan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Madaniy meros sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi

PQ-416-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida fakultetda yangi kafedralar tashkil etildi:

Arxitektura yodgorliklari restavratsiya va rekonstruksiya

Madaniy meros obyektlarini asrash

Madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti SamDAQU ning o'quv ilmiy va ma'muriy bo'linmasi hisoblanib, kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha talabalarni o'qitish, ta'lim tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg'unlashgan holda olib borishni ta'minlash, shuningdek fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlarini muntazam yuritib keladi.

2023 yildan fakultetda tyutorlar faoliyati tashkil etilib, talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishda qator tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda.

2024 yilning sentyabr oyidan boshlab hozirgacha dotsent Urokov Olimjon Xayitboyivich  kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Madaniy meros obyektlarini asrash kafedrasida:

 

2 nafar dotsent,   shularning 2 nafar katta o'qituvchi, 3 nafar o'qituvchi va 1 nafar stajyor-o’qituvchilar faoliyat yuritadi.

Kafedraning iqtidorli talabalari 

“ Yosh naqqoshlar”  to’garaglarida ustoz-shogird an’anasida o’zlarining ijodiy loyihalari bilan faol qatnashib kelishadi

Madaniy meros obyektlarini asrash kafedrasi professor – o‘qituvchilarinig o‘rtacha yoshi 37 yosh bo‘lib, ilmiy salohiyat 35 % ni tashkil etadi.

O‘tgan davr ichida o‘quv jarayonini yaxshilash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yangilash, ularni yosh va iqtidorli olimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish, ta’lim sifatini oshirish va talabalarni bilim darajasini yanada yaxshilash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarilishini ta’minlash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kafedrada o‘qish sifatini yanada oshirish uchun yangi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish ishlari ham yuqori sur’atlarda olib borilmoqda. Jumladan, so‘nggi 2 yil maboynida 5 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar, lug‘atlar, so‘zlashgichlar va 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan bo‘lib, universitetda va turdosh oliy ta’lim muassasalari qo‘llanma sifatida keng foydalanib kelinmoqda. Shulardan 3 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta darslik, 3 ta monografiya, OAK roʻyhatidagi jurnallarda 14 ta ilmiy maqola va xalqoro SCOPUS ba’zasiga kiritilgan jurnallardagi 3 ta ilmiy maqolalar soʻnggi ikki yil ichida bajarilgan.

Shuningdek, kafedralarda kunning ikkinchi yarmida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari universitet ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan mavzular asosida muntazam olib borilmoqda.

Hozirgi kunda kafedra dotsentlari Maxmatqulov I.T, DSC da mustaqil izlanuvchi hamda katta oʻqituvchi Kamilova Marjona va oʻqituvchi Sadullaeva Nigoralar tayanch doctoranturada ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Kafedra manzili: SamDAQU, Arxitektura 1 bino, 1 qavat, 11 xona

 

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlar haqida qisqacha

MA’LUMOT

T/r

F.I.SH

Lavozimi

Ish joyiga munosabati

      1.             

Urokov Olimjon Xayitboyevich

Kafedra mudiri, dotsent

Asosiy

      2.             

Maxmatqulov Ilxom Turdimurodovich

Dotsent

Ichki oʻrindosh

      3.             

Meliqulov Alisher Normamatovich

o‘qituvchi

Asosiy

      4.             

Ishkuvatov Xamza Abdumannovich

o‘qituvchi

Asosiy

      5.             

Kamilova Marjonna Erkinovna

Katta o‘qituvchi

Asosiy

      6.             

Xoldorova Dilrabo Nortojievna

o‘qituvchi

Asosiy

      7.             

Sadullaeva Nigora Baxrom qizi

o‘qituvchi

Asosiy

      8.             

Pekg’o’z   Ebru

o‘qituvchi

Asosiy