Skip to main content

Rektor mahalla yoshlari bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi joriy etilishi natijasida ularning muammolari bevosita oʻz mahallalarida hal etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilda amalga oshirilishi belgilab olingan davlat dasturiga asosan, “Yoshlar balansi” asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy taʼlim muassasalarining rahbarlariga “ogʻir” toifadagi, shuningdek, isteʼdodli va iqtidorli yoshlar nomma-nom biriktirilgan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektoriga Samarqand shahridagi “Urguti” va “Xo‘ja Doniyor” mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar biriktirilgan bo‘lib, ular bilan doimiy ravishda uchrashuvlar oʻtkazilib, muammolari oʻrganilmoqda.

Joriy yilning 10-iyul kuni ham universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz hamda universitet Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov bilan birga “qizil toifa”ga kiritilgan, bir qator mahlla yoshlari hamda ularning vasiylari, ota-onalari bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida har bir yoshning fikri eshitilib, shunga asosan ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun aniq, manzilli ishlar olib borish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Ayrim muammolar shu joyni o‘zida hal etilgan bo‘lsa, ba’zi bir muammolarni hal etish bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotlarga rasmiy murojaatlar yo‘llandi.