1948 yilda Farg’ona viloyati tug’ilgan. 1965 yilda o’rta maktabni tugallagach, mehnat faoliyatini Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida ishchilikdan boshlagan.
1967-1972 yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida “Qurilish” fakultetida o’qigan va institutni imtiyozli diplom bilan tugatgan va o’sha yili “Fuqaro va sanoat binolari arxitekturasi” kafedrasida o’qituvchi qilib ishga olib qolingan. 1973-1974 yillarda harbiy xizmatda bo’lgan. 1985 yilda Moskva quruvchi muxandislik institutida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilib, 05.23.10-“Binolar va inshootlar” mutaxassisligi bo’yicha texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1987 yilda unga Oliy Attestasiya komissiyasining qarori bilan “Fuqaro va sanoat binolari arxitekturasi” kafedrasi bo’yicha dosent unvoni berilgan.
1986-1989 yillarda kechki “Qurilish” fakultetida dekan o’rinbosari, 1989-1997 yillarda kafedra mudiri, 1997-2004 yillarda “Qurilish” fakultetida sirtqi bo’lim bo’yicha dekan o’rinbosari, 2004-2009 yillarda institutda o’quv bo’limi boshlig’i lavozimlarida ishlagan. 2017-2022 yillarda“Bino va inshootlarni loyihalash” kafedrasining mudiri, hozirgi paytda mazkur kafedrada professor lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda.
Pedagogik faoliyati davomida M.Mahmudov tomonidan 16 nafar magistr tayyorlangan, bakalavriatura talabalari uchun institut kengashi tavsiyasiga ko’ra “Arxitektura-qurilish chizmalarini chizish va o’qish”, “Bino va inshootlarni kompyuterda loyihalash”, “Loyihalash asoslari”, “Binolar tashqi to’siq konstruksiyalarini teplofizik hisoblash”, “Bino va inshootlar arxitekturasi”, magistratura talabalari uchun “Ilmiy tadqiqot usullari va ularning tahlili” nomli o’quv qo’llanmalar chop qilingan. “Bino va inshootlar arxitekturasi” nomli o’quv qo’llanma 2012 yilda O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Iste’dod” jamg’armasi tomonidan e’lon qilingan “Yilning eng yaxshi darsligi va o’quv adabiyoti” tanlovida o’quv qo’llanmalar nominasiyasi bo’yicha faxrli 1-o’rinni egallagan. 3 ta patent uchun mualliflik guvohnomasi olgan. Chop qilingan ilmiy maqolalar va uslubiy ishlarning umumiy soni 140 dan ziyod.
M. Mahmudov tomonidan so’nggi 2 yilda yakka mualliflikda “Bino va inshootlar qurilishi” magistratura mutaxassisligi uchun “Eksperimentni rejalashtirish va natijalariga ishlov berish” nomli o’quv qo’llanma, bakalavrlar uchun hammualliflikda “Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi. Qurilish fizikasi” fanidan darslikning 3 ta qismi nashr qilindi