2024-yil 29-aprel-2-may kunlari Toshkentning “Yangi O‘zbekiston” universitetida AQShning Massachusets texnologiya institutining malakali mutaxassislari tomonidan intensiv mahorat darslari tashkil etildi.
Mahorat darslarida spikerlar tomonidan AQSh oliygohining ta’lim boshqaruvi, zamonaviy pedagogik o‘qitish metodikalari, mustaqil ta’limni rivojlantirish va samarali tadqiqot olib borish bo‘yicha ilg‘or tajribasi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Shu munosabat bilan, mazkur mahorat darslarida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz boshchiligida universitet vakillari ham ishtirok etdi.