Joriy yilning 21-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida universitet rahbari Dr. Chidem Turkyilmaz raisligida kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi.
Majlisda universitet rahbarlari, bo‘lim boshliqlari, dekanlar hamda kafedra mudirlari ishtirok etdilar.
Dastlab universitet rahbari Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berillgan vazifalarga e’tiborini qaratdi va qator topshiriqlar yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.
Jamoaga yangi o‘quv yilida muhandislik yo‘nalishlarida xorijiy tillarda o‘qitishni yo‘lga qo‘yich, OTMlarda moliyaviy mustaqillikni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, soha tashkilotlari bilan universitetni, jumladan ta’lim jarayonini bog‘lash, universitet qoshida tashkil etilgan Inkubatsiya markazi ishlarini jadallashtirish, yangi o‘quv yilida hamda 2025-yilgi moliyaviy xarajatlarni shakllantirish, videoselektorda aytib o‘tilgan topshiriqlar ustida yo‘l xaritasi tuzish kerakligi haqida so‘z yuritildi.