Skip to main content

MALAKAVIY IMTIHONLAR BO‘LIB O‘TDI

MALAKAVIY IMTIHONLAR BO‘LIB O‘TDI

2023-yil 7-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining kichik faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” va Oliy attestatsiya komissiyasining 2023-yil 22-iyundagi 01-11/1012-sonli xatiga muvofiq, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oluvchi talabgorlardan ixtisoslik fanlaridan malakaviy imtihonlarni OAK talablari asosida shaffof va yuqori saviyada tashkil etildi.

Arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oluvchi talabgorlar 18.00.01 – “Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash” va 18.00.02 – “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihonlarni topshirdilar. Mutaxassislik (ixtisoslik) fanlari dasturiga asosan imtihon savollari tayyorlangan bo‘lib, belgilangan tartibda o‘tkazildi.