Skip to main content

MALAYZIYA XALQARO ISLOM UNIVERSITETI BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI

Joriy yilning 23-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Malayziya xalqaro islom universitetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tashrifi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Rektori Chidem Turkyilmaz boshchiligida universitet rahbariyati va Malayziya xalqaro islom universiteti rahbariyati bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida, tomonlarning kelajakdagi istiqboli hamkorlik kelishuvlari o‘zaro muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida keng doiradagi hamkorlik memorandumi imzolandi.