Skip to main content

MALAYZIYA XALQARO ISLOM UNIVERSITETINING BIR GURUH TALABALARI SAMDAQUDA AMALIYOT O‘TADILAR

Joriy yilning 20-23 sentabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Malayziya xalqaro islom universitetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tashrif buyurdilar.

Tashrif rejasiga muvofiq universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan ilmiy seminarlar va madaniy uchrashuvlar tashkil etildi. Samarqand shahrining qadimiy qadamljoylariga sayohat uyushtirildi.

Ushbu tashrifda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-416-son qarorining tegishli bandlarida keltirilgan “Universitetda yoshlar o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish”, “Universitetga arxitektura va qurilish sohasidagi ilg‘or amaliy tajribaga ega bo‘lgan rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarining tashrifini tashkil etish”, “Xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliyotini universitet bazasida tashkil etish” bandlarining ijrosini ta’minlash maqsad qilingan.