Skip to main content

SamDAQUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adiblar bilan tadbirlar tashkil etildi

9-oktabr kunining ikkinchi yarmida universitetga tashrif buyurgan adiblarimiz dastlab arxitektura fakulteti muzeyida bo‘ldilar.

Shundan so‘ng “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan fotozona va rasmlar tanlovi ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar.

Katta faollar zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuv Mehribon Abdurahmonovaning “Boybo‘sin tavakkal qildi” hikoyasi asosida sahnalashtirilgan tomosha bilan boshlandi.

Adiblar bilan suhbatda ularning ijod namunalaridan bahramand bo‘lgan talabalar, universitetning havaskor yosh ijokorlari she’rlarini ham xushnudlik bilan qabul qildilar.

Tadbirda loyiha doirasida tashkil etilgan “Zakovat”, “Munozara-debat” va “Rasmlar tanlovi”ning 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“Ulug‘bek yulduzlari” vokal ansambli tomonidan ulashilgan kuy-qo‘shiqlar barchani birdek xursand qildi va tadbirlar 4-son Talabalar turar joyida tashkil etilgan “Mushoira” kechasiga ulanib ketdi.

Uchrashuvlar adabiy-maʼrifiy mavzuga oid fikr-mulohalar bilan qizg‘in kechdi.

Universitetda tashkil etilgan “Marifat ulashib” loyihasi universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz qabulida uchrashuv bilan yakunlandi. Rektor qabulida adiblar bilan samimiy suhbatlar olib borildi. Qimmatli vaqtlarini ayamasdan yoshlarga ma’rifat ulashgan el ardog‘idagi adiblarga minnatdorlik bildirildi.