Skip to main content

OWEEK: MARKAZ FAOLIYATI VA DAVLAT STIPENDIYALARI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida tashkil etilgan “Inkubatsiya markazi”da ham “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida belgilangan rejaga muvofiq qator tadbirlar olib borildi.

“Inkubatsiya markazi”ga tashrif buyurgan talabalarga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev tomonidan “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-416-sonli qarori to‘g‘risidagi tanishtirish darslari olib borildi.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Farog‘at Qosimovadan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi”, “Islom Karimov”, “Beruniy” hamda “Kamoliddin Behzod” nomli davlat stipendiyalari va ushbu stipendiyalarni olishga qo‘yilgan talablar xususida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek ushbu markazda talabalarning qiziqishlaridan kelib chiqib, 14 xil turdagi malaka kurslari ham tashkil qilingan. Talabalar unversitet hududidan chiqmagan holda, darslardan bo‘sh vaqtlarida o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan bilimlarni shu kurslarga qatnashib o‘rganishlari mumkin.