Skip to main content

SamDAQUda Shvetsiyadagi Qirollik texnologiya universiteti professorining ma’ruzasi tashkil etildi

Joriy yilning 3-may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Shvetsiya Qirollik texnologiya universiteti professori Hans Vestlund tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dastlab Professor Hans Vestlund universitet rektori Dr.Chidem Turkyilmazning qabullida bo‘ldi. Rahbariyat bilan bo‘lgan samimiy muloqotda hamkorlik masalalari to‘g‘risida fikrlar almashildi.

Shundan so‘ng universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun “Pandemiyadan keyingi posturbanistik shahar hududlari, globallashuv va antigloballashuv” mavzusidagi ma’ruzasi tashkil etildi.