Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi “Ipak yo‘li” (Art Station) san’at rezidensiyasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi “Ipak yo‘li” (Art Station) san’at rezidensiyasi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hamkorligida joriy yilning 23-may – 9-iyun kunlari “Samarqand san’at va madaniy meros festivali” tashkil etildi.
Joriy yilning 23-may kuni ushbu festivalning katta ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Festivalda hamkor tashkilot rahbarlari va san’at ustalari so‘zga chiqib yig‘ilganlarga festival to‘g‘risida qisqacha tushunchalar hamda belgilangan davr mobaynida tadbirlarning mohiyati to‘g‘risida so‘zlab berdilar.
Art rezidensiyaga tashrif buyurganlar san’at, madaniy meros hamda milliy hunarmandchilikka oid ijodiy namunalar hamda qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.