Samarqand shahrida davom etayotgan O‘zbekiston – Italiya ta’lim forumi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Milan-Bikoko universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida iqtisodiyot va boshqaruv, atrof-muhit muhandisligi yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini o‘z ichiga oladi.