fevraldagi “Respublika OTMlari Milliy reytingida SamDAQUning reyting koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha 2024-yil prognoz rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 50-son buyrugʻi ijrosini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Sifat nazorati koordinatorligi tomonidan tashkil etilgan yigʻilishlarda universitetning sohalar boʻyicha prorektorlari Botir Ibragimov, Murodjon Xodjabekov, Abror Gadayev, rektor maslahatchisi Jo‘ramirzo Qayumovlar hamda fakultet dekanlari, kafedralarning professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
Tanqidiy va tahliliy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishlarda kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan milliy va xalqaro reytinglarda SamDAQU koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan ishlarining holati, amalga oshirilayotgan oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligi masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yigʻilishlarda universitetning yetakchi professor-oʻqituvchilari bilan universitet reytingini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, oʻquv jarayonida mavjud muammolar va kamchiliklar haqida, oʻquv yuklamasi va tayyorlangan darsliklarni chop etish bilan bogʻliq muammolar, reytingni oshirishga real hissa qoʻshgan xodimlarni ragʻbatlantirish masalalari toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalar olib borildi.
O‘tkazilgan uchrashuvlar yakunida Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Botir Ibragimov reyting koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha reja topshiriqlarni ijrosini ta’minlash va universitetning reyting koʻrsatkichlarini oshirish yuzasidan amaliy ishlarga oʻtish, “Ustoz-shogird” tizimini yoʻlga qoʻyish, xorijiy tilda oʻqitiladigan oʻquv kurs(fan)lari sonini koʻpaytirish, dissertatsiyalar himoyasini tezlashtirish, “Web of Science”, “Scopus” ma’lumotlar bazasiga kiritilgan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish boʻyicha 50-son buyruq bilan tasdiqlangan aniq topshiriqlar ijrosini ta’minlash haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, yigʻilish ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.