Skip to main content

Mirzo Ulugʻbek haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi

22 mart — buyuk bobokalonimiz Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bekning 630 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyat va shahar hokimligi, jamoatchilik vakillari shuningdek viloyatdagi Oliy ta’lim muassasalari tomonidan Mirzo Ulug‘bek haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov boshchiligida universitet jamoasi vakillari Mirzo Ulug‘bek haykali poyiga gulchambar qo‘yib, astronom olim xotirasiga hurmat bajo etdilar.