Skip to main content

“MNEMONIKA” VA “IT” KLUBLARI TAQDIMOTI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kichik faollar zalida “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida “Talaba klublari” yo‘nalishlaridan “Mnemonika” va “IT club” klublari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda Talabalar dekani Bekzod Saidov va Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari va tyutorlari tashrif buyurdilar. Avvalo klub rahbari Sevinch Omonova tomonidan “Mnemonika” klubi taqdimoti boʻlib oʻtib, qiziqarli xotira mashqlari va ma’lumotlar bilan talabalarning savollariga to‘laqonli javoblar berildi.

Shundan soʻng “IT club” taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimot so‘ngida barcha talabalar qiziqishlari inobatga olingan holda klublarning keyingi faoliyati va rejalari kelishib olindi.