Skip to main content

TALABA KLUBLAR FAOLIYATI NAMOYISH ETILDI: 2-KUN “MOHIR QO‘LLAR” KLUBI TAQDIMOTI

“Universitet haftaligi” doirasida “Talaba klublari” ko‘rgazmasining “Mohir qo‘llar” klubi taqdimoti tashkil etildi.

Taqdimotda klub a’zolari bo‘lmish talaba qizlar tomonidan yaratilgan turli xil buyumlar, jumladan tillaqosh, turli xil ayollar taqinchoqlari, qizaloqlar uchun to‘qilgan qo‘g‘irchoqlar, kashta, quroq, sun’iy gullar, atlas va adras choponlar, so‘zana, iroqi do‘ppi kabi ijod na’munalari tashrif buyurgan mehmonlar ixtiyoriga havola etildi.

Taqdimotda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz xonim ham ishtirok etdi. Universitet rahbari tomonidan klub a’zolariga keyingi faoliyati bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi va klub faoliyatiga omad tiladi.