Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida moliya dunyosiga oid yangi bilim va imkoniyatlar eshigini ochuvchi seminar bo‘lib o‘tdi.
“Siz bilmagan moliya dunyosi: Omadlilar qadami” nomli ushbu tadbirda ishtirokchilar jahon va O‘zbekiston moliya bozorlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy va huquqiy bilimlarni egallashdi. Seminar davomida moliya sohasida muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbirning asosiy spikeri, xalqaro moliyaviy ekspert Feruzbek Aliyev, Yevropa markaziy banki va yirik moliya tashkilotlaridagi amaliy tajribasiga asoslangan holda, ishtirokchilarga moliya sohasidagi muhim strategiyalar, muvaffaqiyatning siri hamda xatarlarni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatdi.