Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadaev Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Tailandning Allied Environmental Consultants AEC (Malaysia) kompaniyasiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida ta’lim va ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun investitsiyalar masalasi muhokama qilindi.
Natijada AEC kompaniyasi hamkorlikka qiziqish bildirib, o‘zaro shartnoma tuzish istagini bildirdi.
Ushbu hamkorlik O‘zbekistonda atrof-muhit muhofazasi, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarni boshqarish va suv resurslarini barqaror boshqarish yo‘nalishlarida amalga oshiriladi.