Skip to main content

TALABALAR HAFTALIGI: MUNOZARA

Xabaringiz bor 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Talabalar haftaligi” doirasida universitet Yoshlar ittifoqi tomonidan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tishi haqida xabar began edik.

Haftalik doirasida talabalar o‘rtasida tasdiq va inkorlar jangi “Munozara-debat” tadbiri tashkil etildi. Unda fakultet talabalaridan jamlangan terma jamoalar o‘zaro bahslashdilar.

G‘oliblar 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan SamDAQU katta faollar zalida tashkil etilgan galakonsertda taqdirlandilar.