Skip to main content

AKSILKORRUPSIYA OYLIGI DOIRASIDA MUNOZARA O‘YINI TASHKIL ETILDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida AksilKorrupsiya oyligi munosabati bilan talabalar o‘rtasida tasdiq va inkorlar jangi “Munozara-debat” o‘yini tashkil etildi.

Unda fakultet talabalaridan jamlangan terma jamoalar murosasiz jangda o‘zaro bahslashdilar.

Tadbirda Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining “Biznes lady”, “Iqtisodchi qizlar”, Arxitektura fakultetining “Yosh arxitektorlar” hamda “SamDAQU Life” jamoalari ishtirok etib, 1-bosqichda “Nodavlat oliy ta’lim muassasalari davlat oliy ta’lim muassasalaridan ustun”, yarim finalda “Iqtisodiyotning o‘sishi ekologiyadan afzal”, finalda esa “Qishloqda yashashdan ko’ra shaharda yashash afzal” kabi mavzularda o’z nuqtai-nazarlarida  bahs olib bordilar.