Skip to main content

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti yoshlari orasida “Munozara” tashkil etildi

Munozara intellektual o‘yini mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quvchi talabalarda vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish , muammoga atroflicha yondasha olish, o‘z fikrlarini asoslash va aniq bayon qilish, malakalarini shakllantirishda ko‘mak berish hamda to‘g‘ri yo‘naltirish, talaba-yoshlarda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, notiqlik, yetakchilik sifatlarini rivojlantirish, o‘zgalarning fikrlarini hurmat bilan qabul qilish va notiqlik etikasini o‘rgatadi. Munozaralar zamonaviy hayotga oid eng dolzarb masalalar ustida bahs olib borib, o‘zgalarning fikriga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishga undaydi. Talabaning tahliliy va tanqidiy fikrlashini rivojlantiradi,dunyoqarashini kengaytiradi.

Mantiqiy va mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiyasiga ega bo‘lgan, mohirona munozara olib boradigan talaba-yoshlarni aniqlash, iqtidorlilar safini kengaytirish, shuning bilan birga ularda korrupsiyaga qarshi “0” darajada toqatsizlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadiga qaratilgan “Munozara” intellektual o‘yinining navbatdagi sonida Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari ishtirok etdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ushbu intellektual o‘yinda talabalar “Korrupsiyani butkul tugatib bo‘ladimi?”, “Korrupsiyaga barham berishda qonunlar asosiy rol o‘ynaydi”, “Korrupsiyaga barham berishda faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning samarali faoliyati yetarli” kabi mavzularda munozara olib bordilar. “Biznes ledy”, “iqtisodchi qizlar”, “Iqtisodchi bolalar” jamoalari o‘rtasida kechgan munozara qiziqarli bahslar, mantiq va fikrlar kurashiga aylandi. Bahslarda “Iqtisodchi bolalar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tadbir yakunida “Munozara” intellektual o‘yinining navbatdagi turi keyingi haftada Qurilish fakulteti talabalari ishtirokida o‘tkazilishi belgilab olindi.