Skip to main content

TALABALAR O‘RTASIDA MUSHOIRA KECHASI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 5 tashabbus markazi faollar zalida Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba yoshlar o‘rtasida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Mushoira kechasi” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova hamda Talabalar turar joyi ofisi bo‘lim boshlig’i Baxrom Aminov tadbir haqida iliq fikrlar bildirib, TTJ jamoalariga omad tiladi. Talabalar turar joyi tarbiyachilari Azizbek Tursunov, Norbuvi Shayzakova va Dilorom Normatovalar ham yuqoridagi fikrlarni qo‘llab-quvvatlagan holda bugungi tadbir ishtirokchilaridan faol bo‘lishlarini so‘radi.

Tadbir jarayonida jamoalar ketma-ketligida shoir g‘azallari, qit’alari va ruboiylari aytildi. Lirik chekinish sifatida “Ulug‘bek yulduzlari” klubi a’zosi Adham Toirov tomonidan musiqiy chiqish namoyish etildi.

Tadbir so‘nggida jamoalarning faol ishtiroki inobatga olinib, o‘rinlarga ajratildi va yakuniy natijalarga ko‘ra:

I o‘rin - 4-son Talabalar turar joyi jamoasiga;

II o‘rin - 1-son Talabalar turar joyi jamoasiga;

III o‘rin - 2-son talabalar turar joyi jamoasiga berildi.