Skip to main content

MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI

2023-yil 7-sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti “Biznesni boshqarish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida to‘rtinchi bosqich “Menejment” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrda qabul qilingan PQ-416-sonli qarori doirasida buyurtmachi korxona va tashkilotlar ya’ni O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi Samarqand filiali Sertifikatlashtirish bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, Samarqand shahar Soliq inspeksiyasi yetakchi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazildi.