Skip to main content

XALQARO MUTAXASSISLAR BILAN UCHRASHUV

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga “Markaziy Osiyodagi madaniy meros obyektlariga ekologik xavflarni baholash va kamaytirish” (Environmental Risk Assessment and Mitigation on cultural heritage assets in Central Asia “ERAMCA”) xalqaro loyiha grantining yakuniy taqdimoti munosabati bilan bir guruh xorijlik mutaxassislar tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. 

Joriy yilning 12-yanvarida universitet rahbari Dr. Chidem Turkyilmaz boshchiligida xorijlik mutaxassislar bilan universitet vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Samimiy ruhda o‘tgan ushbu uchrashuvda universitetning kelajakdagi rejalari xususida taqdimotlar, xalqaro grant dasturi doirasida universitetning ilmiy faoliyatini yanada xalqarolashtirish ustida muhokamalar olib borildi. Muhokamalarda ilmiy dasturlar ustida hamkorlikda ishlash, professor-o‘qituvchilar va talabalarni xalqaro grantlardagi ishtirokini yana ham ko‘paytirish kabi kelishuvlarni amalga oshirish ikkala tomonga ham manfaatli bo‘lishi haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv so‘ngida universitet rahbariyati tomonidan estalik uchun sovg‘alar topshirildi. Jamoaviy foto tarixga muhrlandi.