Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 5 tashabbus markazida Mutolaa zavqi loyihasining 9-soni “O‘zbek she’riyati” rukni doirasida shoira Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 109 yilligi munosabati bilan “Bahor sog‘inchi” mavzusida adabiy kecha tashkil etildi.
Kechada shoira hayoti va ijodi bilan bog‘liq ko‘plab hayotiy jarayonlar xotirlandi. “Yosh kitobxon” klubi va “Ulug‘bek vorislari” teatr jamoasi a’zolari Zabihulloh Hamidulloyev va Oltinoy Baxriddinovalar tomonidan ijro etilgan badiiy chiqishlar barchaga xushkayfiyat ulashdi.
Tadbir so‘ngida Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova loyihada yangi bir rukn – “Yosh iste’dodlar” rukni qo‘shilishi munosabati bilan bugungi sonda mehmon sifatida ishtirok etayotgan Dilshod Ismoilov va Kamoliddin Abdusalomovlarning ijod namunalarini kitobxon talabalar va she’riyat shaydolariga taqdim etdi.