Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 5 tashabbus markazi faollar zalida “Yosh kitobxon” klubi a’zolari bilan “Mutolaa zavqi” loyihasining Hamid Olimjon tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Talabalar dekani Sherzod Bozorov, Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova, 1-son Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi Azizbek Tursunov, Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Zabihulloh Hamidulloyev va klubning faol a’zolari ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqanlar Hamid Olimjonning hayoti va ijodi, asarlari haqida ma’lumot berishdi. Tadbirda shoirning “Eng gullagan yoshlik chog’imda” qo‘shig‘i ijro etilib, mehmonlarga unutilmas lahzalar taqdim etildi.
“Ulug'bek yulduzlari” vokal ansambli a'zosi Atxam Toirov ijrosida qo‘shiq tinglandi.