Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Nanjing Politexnika institutidan uch kishidan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va prorektorlar qabul qildilar. Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikning istiqbolli rejalarini muhokama qilish, ilmiy va ta’lim sohalarida almashinuv imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tashrif davomida Nanjing Politexnika instituti tomonidan universitet Axborot-resurs markaziga kitoblar taqdim etildi. Bu hamkorlik ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirishda yangi imkoniyatlar yaratadi.