Skip to main content

Nanjing politexnika institutining laboratoriyalar bilan yaqindan tanishildi

Kunning yarmida delegatsiya a’zolari Nanjing politexnika institutining kampusida joylashgan laboratoriyalar bilan yaqindan tanishish, ularda talabalarga yaratilgan imkoniyatlarni ko‘rish hamda tajriba almashish maqsadida, “Yashil kimyo va atrof-muhit muhofazasi” laboratoriyasi, “Suyuq yoqilg‘i mahsulotlari ishlab-chiqaruvchi zavodlarning prototipi laboratoriyasi”, “Kimyoviy moddalar reaktori” laboratoriyasi va “Mehnatni muhofaza qilish” laboratoriyalarida bo‘ldi.

 

Ushbu laboratoriyalar talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliy tajribalar orqali bajarib ko‘rishlari, bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib borishlari, shuningdek, yangi ixtirolar qilishlarida zarur bo‘lgan so‘ngi rusumdagi jihozlar bilan jihozlangan. Tanishish davomida ushbu laboratoriya jihozlaridan foydalanib kelayotgan talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan ham suhbatlar o‘tkazildi.

 

Kelgusida tashkil etilishi kelishilgan “Kimyo muhandisligi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutuvchi zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish va ularni hamkorlikda jihozlashga mas’ullar bilan kelishib olindi.