Skip to main content

OAK raisi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Yusupov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadayev, Ilmiy tadqiqotlar va loyihalar koordinatorligi koodinatori Usmon Xushvaqtov, Oliy ilm-fan maktabi dekani Perviz Ahmedzade, Oliy ilm-fan maktabi koordinatorlari Dilnoza Kamalova va Dilrabo Azimova, universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy kengash raislari, kotiblari, doktarantlar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Ahmadbek Yusupov oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar berib, dissertatsiya ishlariga hamda falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) ilmiy darajalari va ilmiy unvonlar talabgorlariga talablarni tushuntirdi.

O‘z navbatida, universitetimiz doktarantlari ham o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlari haqida OAK raisiga ma’lumot berib, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilashga doir o‘z takliflarini va qiziqtirgan savollarini berib, kerakli ma’lmuotlarga ega bo‘ldilar.

Savol-javob tarzida o‘tgan ushbu uchrashuv so‘ngida, tadqiqotchilar avtorefaratlarini ham ko‘rsatib, Ahmadbek Yusupovdan kerakli tavsiyalarni oldilar.