Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Universitet faoliyatining ochiqligini ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, sohada korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tizimlarini joriy etish kabi maqsadlarda tashkil etilgan ushbu tadbirda jamoatchilik tashkilotlari vakillari, Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB 2-son IIB mas’ul xodimlari, deputatlar va partiya faollari, ota-onalar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Universitet faoliyati haqidagi mas’ullarning axboroti, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tadbirning kun tartibidan o‘rin oldi.
Tadbir yakunida, 9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan e’lon qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida o‘tkazilgan “Eng yaxshi insholar”, “Eng yaxshi rasmlar” va “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovlarining g‘olib va ishtirokchilari, hamda tashkilotchi kafedra va bo‘limlar munosib taqdirlandi.