Skip to main content

OCHIQ MULOQOT

Korrupsion holatlar, xususan, ta’magirlik, poraxo‘rlik va boshqa shuning kabi qonunbuzilishlari ta’limning sifat va samaradorligiga jiddiy zarar yetkazadi. O‘qib-o‘rganib, o‘z ustida ishlab, yaxshi mutaxassis bo‘lish istagidagi talabaning ezgu niyatlari, istak-xohishlarining so‘ndirilishiga sabab bo‘ladi. Eng achinarlisi, endi bu talabaning ongida o‘ziga bo‘lgan ishonch, intilish, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi asta-sekinlik bilan so‘nib boradi hamda jamiyatimizda raqobatbardosh kadrlar safiga kira olmaydi. Shu bilan bir qatorda o‘zining kelajakdagi o‘rnini topish yo‘lidagi to‘siqlarga bardosh bera olmay, taslim bo‘lishiga zamin yaratib beradi.

Mana shunday holatlarni oldini olish maqsadida joriy yilning 30-31-yanvar kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Qurilishni boshqarish hamda Arxitektura fakultetlari talabalari bilan ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida ishtirokchilar bugun har bir talabani bosh ko‘tarmasdan “ishlash”ga majbur qilayotgan jarayon — oraliq va yakuniy nazoratlarning o‘tkazilishi, talabalarning tayyorgarlik holati hamda kayfiyati haqida o‘z munosabatlarini bildirishdi.

Xabaringiz bor, bunday ochiq muloqotlar universitetimizning har bir fakultetida alohida tartibda, oshkoralik tamoyillariga asoslangan holda o‘tkazilmoqda, talaba-yoshlarning munosabati o‘rganilmoqda…

Bo‘lim tomonidan olib borilgan ishlarning natijalari hamda ushbu muloqotlarda talabalarimiz tomonidan aytilgan fikr-mulohazalar, berilgan takliflar yuzasidan umumlashtirilgan ma’lumotlar tez orada taqdim etiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi