Skip to main content

OLIB BORILGAN ISHLAR XUSUSIDA TAQDIMOT O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbiri to‘g‘risida”gi PQ-416-son (https://lex.uz/uz/docs/-6277864) qarori 2-ilovasi 6-bandiga asosan universitetda yoshlar o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish “Yozgi maktablar”ni tashkil etish masalalari belgilangan.

Shu munosabat bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Mexanika muhandisligi” kafedrasi va Osimi nomidagi Tojikiston texnika universiteti “Suv ta’minoti, issiqlik va ventilyatsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari hamkorligida yozgi maktabda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Samarqand shahrida gaz va issiqlik ta’minotida mavjud bo‘lgan muammolarni hamda ist’emolchilarga betalofat yetkazishda mavjud muammolarni hal qilish, ularni yechimlari ustida hafta davomida olib borilgan ishlar yakuni bo‘yicha “Mexanika muhandisligi” kafedrasida taqdimotlar o‘tkazildi.