Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’im, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov universitetda bajarilayotgan transformatsiya jarayonini oʻrganish maqsadida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida boʻldi.
Dastlab universitetda yangi qurilayotgan 4238 oʻrinli oʻquv binosi va 5 ta oʻquv-laboratoriya binolari, 3 ta 1155 oʻrinli talabalar turar joyi binolarining holati hamda sharoitlarini oʻrganib chiqdi. Universitetda amalga oshirilgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Rekonstruksiya qilingan Arxitektura fakulteti oʻquv binosi hamda 308 oʻrinli talabalar-turar joyi binosi va boshqa qurilish-taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirdi.
Universitet tomonidan Qurilish fakulteti oʻquv binolarini kapital ta’mirlab talabalar turar joyiga aylantirish, shu yoʻl bilan universitetda yotoqxona oʻrinlarini oshirish boʻyicha ijobiy fikrlar berildi.
Vazir tomonidan yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari tajribasidan kelib chiqib, universitetda hozirgi vaqtda foydalanilmay turgan xoʻjalik binolarining oʻrniga laboratoriyalar kompleksi va inkubatsiya markazini qurish taklifi kiritildi. Vazir universitetni ilgʻor xorijiy tajriba asosida transformatsiya va modernizatsiya qilish borasida e'tirof etib, oʻz tavsiya va takliflarini berdi.