Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Buzrukxonov Sarvarxon hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Alimatov Toir universitetimizga tashrif buyurdilar.
Prezidentimizning oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish yo‘lida olib borayotgan siyosatlarining yaqqol namunasi bo‘lgan universitetimizning yangi qurilayotgan binosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Zamonamizning eng oxirgi standartlariga mos ravishda qad rostlayotgan yangi binoda professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini yanada oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.