Ayni paytda Samarqand davlat universitetida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Vazir yoshlarning ishga joylashish, innovatsion loyihalari va rivojlangan mamlakatlar zamonaviy texnologiyalarini yurtimizda ham joriy qilish, ta'lim jarayoniga yo‘naltirish borasidagi takliflarini eshitmoqda.
Uchrashuvda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi Rayhona Anarboeva talaba qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlar” va yigitlar o‘rtasida “Temurbeklar” loyihasini tashkil etish taklifini berdi.
Tashabbus vazir tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, bu loyiha tajriba sifatida birinchi marta Samarqandda tashkil etilishi ma'lum qilindi.