Skip to main content

O‘QUV YILIGA START BERILDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bugun kunduzgi ta’limda tahsil oluvchi barcha bosqich talabalarining 2023/2024-yilgi o‘quv jarayonlari start oldi.

O‘quv yilining ilk haftasida universitetda “Orientation week” tanishuv haftaligi loyihasi doirasida 20 dan ortiq ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.

 (https://t.me/samdaqueduuz/21250)Loyihani o‘tkazishdan maqsad talabalarning ta’lim muassasasi hayotiga tezroq moslashishiga ko‘mak berish, yangi o‘quv yilida joriy etilayotgan xalqaro o‘quv dasturlari, yoshlar uchun tashkil etilgan loyiha va tanlovlar, yaratilgan sharoitlar hamda universitet hayoti va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish hisoblanadi.

Tadbirda universitet rektori Chidem Turkyilmaz xonim talabalarni yangi o‘quv yili bilan qutlab o‘zining samimiy tilaklarini bildirib nutq so‘zladi. Shundan so‘ng universitet prorektorlari va fakultet dekanlari bilan tanishtiruv olib borildi. Abituriyentlarning ota-onalari hamda tadbir mehmoni “Silk Road Research Academy” ijrochi direktori, professor Azamat Akbarov o‘zining ajoyib motivatsion nutqlari bilan talabalarni ruhlantirdilar.

Ochilish marosimidan so‘ng grafik bo‘yicha barcha talabalar o‘zlariga biriktilgan fakultetlar tomon yo‘l oldilar. Navbatdagi tadbirlarda fakultet o‘quv xonalarida Mustaqillik darslari hamda “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar takomillashtirish chora-tadbirlarito‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-416-sonli qarori to‘g‘risidagi tanishtirish darslari olib borildi.