Skip to main content

OSH CHEMPIONATI BOʻLIB OʻTDI

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan talaba yoshlar oʻrtasida fakultetlararo osh chempionati boʻlib oʻtdi.

Ushbu chempionatda fakultet talaba-yoshlaridan tashkil topgan jamoalar osh pishirish mahorati bo‘yicha o‘zaro berllashdilar.

Tayyorlangan oshlar mahorat bilan, har bir oshga o‘zgacha mehr berilganligini hakamlar hay’ati alohida ta’kidladilar. Hakamlar hay’ati o‘rinlarni aniqlashda biroz qiynalishgan bo‘lsada tanlov natijalariga ko‘ra quyidagicha deb belgilandi:

I o‘rinni – Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti jamoasi;

II o‘rinni – Arxitektura fakulteti jamoasi;

III o‘rinni – TTJ jamoasi qo‘lga kiritdilar.

Barcha jamoalar o‘yin so‘ngida diplom va tashakkurnomalar hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida rag‘batlar va yutuqlar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov tomonidan topshirildi.