Skip to main content

OWEEK: “INKUBATSIYA” MARKAZI KURSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarori 10-bandiga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida tashkil etilgan ushbu markazni jihozlanishi va faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Samarqand viloyati hokimligi yordamida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 971 million so‘m yo‘naltirildi.

“Inkubatsiya” markazi endilikda bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlovchi o‘quv kurslarini taqdim etadi:

-  Topografik syemka;

-  Bosh reja (gen plan) + AutoCAD;

-  ArcGIS;

-  Arxitektura;

-  Konstruksiya + Lira SAPR + SAPFIR;

-  Isitish va sovitish tizimlari, ventilyatsiya;

-  Oqova suv ishlari;

-  Qurilish-loyiha xarajatlari (smeta ishi) + ABC;

-  Elektr montaj ishlari;

-  Gaz o‘tkazish montaj ishlari;

-  Qurilishni tashkil etish texnologiyasi;

-  Baholash xizmati;

-  Microsoft Office;

-  Dizayn-landshaft, interyer va eksteryer + 3Ds Max.

“Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida ushbu markazlarga tashrif buyurgan talabalarga markaz direktori Sanjar Rahimov va markaz xodimlari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

✅ Hurmatli talabalar siz ham ushbu kurslarda ishtirok etishni xohlasangiz, “Inkubatsiya” markaziga murojaat qiling. Manzil universitet bosh binosi, 1-qavati.