Skip to main content

OWEEK: “KNAUF”DAN MAHORAT DARSI

Hozirgi kunda ”KNAUF” SamDAQU maslahat markazining faoliyatini davomiyligini oshirish maqsadida universitet rektori Chidem Turkyilmaz va “KNAUF” axborot-maslahat markazi rahbari Atayev Sanjar o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi imzolangan.

Ushbu kelishuv asosida Qurilish fakulteti “KNAUF” maslahat markazi binosi oldida “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida birinchi bosqich talabalari va boshqa tinglovchilar uchun “Innovatsion suvoq PFT mashina tizimlarini qurilish pardozlash ishlarida qo‘llanilishi to‘g‘risida” amaliy dars tashkil etildi.

Tadbirda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Murodjon Xodjabekov, Qurilish fakulteti dekani Doniyor Juraqulov, Qurilish muhandisligi kafedrasi mudiri Sherzod Yaxshiboyev, “KNAUF” axborot-maslahat markazi rahbari Sanjar Atayev so‘zga chiqib, “KNAUF” kompaniyasi haqida batafsil ma’lumotlar berdilar. Kelajakda yuqori mutaxassis bo‘lishlari uchun zamonaviy innovatsion texnolgiyalarni qo‘llanilishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlari va darslarda faol ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishga erishishlari lozimligini ta’kidladilar.

“KNAUF” gips aralashmalaridan gips ishlarini mexanizatsiyalashgan usuli orqali yuqori ish unumdorligiga va sifat ko‘rsatkichiga ega bo‘lishligi va bu texnologik jarayonni amaliy bajarilish jarayonlari, “KNAUF” kompaniyasi ustalari tomonidan master-klass darsi orqali namoyish etildi.

Tadbir davomida ko‘ngilli talabalar mashinalar yordamida suvoq ishlarini o‘zlari mustaqil bajarib, amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘ldilar. Ushbu amaliy dars talabalarda yuqori taassurot qoldirdi.