Skip to main content

OWEEK: “MASTER PLAN” MARKAZI

Master plan bu — turli manfaatdor davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan uzoq muddatli dinamik, alohida shaharsozlik komponentini o‘z ichiga olgan rejalashtirish hujjati bo‘lib, loyihani ishlab chiqish va o‘sish uchun kontseptual asosni ta’minlaydi.

Master plan loyihaning dastlabki bosqichlarida o‘rnatilgan qarashni aks ettiradi va barchasini bir loyihada to‘plashga va hammasini bir yo‘nalishga yo‘naltirishga qaratilgan bo‘ladi.

Man shunday loyihalarni endi talabalar universitet qoshida tashkil etilgan “Inkubatsiya” markazining “Master plan” markazida o‘rganishlari hamda loyihalar ustida ishlash imkoniyatiga egadirlar.

“Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida ushbu markazga tashrif buyurgan talabalarga markaz xodimlari tomonidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.